• Ср. Апр 1st, 2026

Termiz tuman axborot kutubxona markazi

Termiz tuman axborot kutubxona markazning web sayti

«Qaynonam – onam mening, kelinim – qizim mening»

Termiz tumanida oilalarni mustahkamlashga qaratilgan tadbir o‘tkazildi

Yurtimizda oilalarni mustahkamlash, qaynonalar va kelinlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlikni kuchaytirish maqsadida «Qaynonam – onam mening, Kelinim – bolam mening» oyligi amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Termiz tumanida ham tadbir tashkil etildi. Unda qaynonalar va kelinlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari, turli mavzularda davra suhbatlari, tanlovlar, treninglar hamda mahorat darslari o‘tkazildi.

Tadbir orqali oilalarda samimiylik va totuvlik muhitini kuchaytirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yoshlarni sog‘lom ma’naviy ruhda tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda nuroniylar, oqsoqollar,  «Oqila ayollar harakati» a’zolari, «Orol»,»Yangi hayot»mahallalarning  namunali oilalar  ishtirok etdi.                                
Tadbirda so’zga chiqqan otaxon va onaxonlar o’zlarining boy hayotiy tajribalaridan misollar keltirib, ibratli oilalar sir -asrorlarini so’zlab berdi. «Orol» va «Xalqobod» mahalla xotin qizlari faoli Qurbonova Go’zal qaynona va kelinlarga «Pufakchalar ichida savollar» nomli viktorina o’tkazdi va ishtirokchilar javoblar berishdi.
Termiz TAKM direktori K.Qarayeva tomonidan kelin salom ijro etildi.