-Ayollarni_e’zozlash-
2026-yil 15-fevral – 15- mart kunlari “Ayollarni e’zozlash” oyligining chora-tadbirlar rejasi asosida Termiz tuman Axborot — kutubxona markazi Kasaba uyushmasi raisi U. Sapayeva tomonidan «Ayol — muhabbat va go‘zallik timsoli” mavzusida kasaba uyushmasi a’zolari o’rtasida “Bilimga chanqoq ayollar” viktorina savol- javoblarini o’tkazdi. Viktorinada TAKMda xizmat ko’rsatuvchi barcha xodimalar ishtirok etishdi va tarqatma savollarga javoblar berishib, bilimlarini yana bir bor charxlashdi.
