• Пн. Июн 1st, 2026

Termiz tuman axborot kutubxona markazi

Termiz tuman axborot kutubxona markazning web sayti

«Kitobxon oila»

«Kitobxon oila»

2022 yil 6-Iyun kuni Termiz tuman “Orol” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan tuman axborot — kutubxona markazida tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 92-son Qarori hamda viloyat komissiyasining yig’ilish bayonining 15-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi O’zbekiston -kitobxonlar yurti” shiori ostida»Kitobxon oila» ko’rik tanlovi o’tkazildi. «Kitobxon oila» ko’rik — tanlovida 4 ta kitobxon oilalar ishtirok etdi. Tanlov shartlari 4 ta shartdan iborat.

1.O’zini tanishtirish.

2.O’zi o’qigan asarga sharh berish

3.Test savollari.

4.Erkin mavzu. «Kitobxon oila» ko’rik tanlovida g’olib bo’lgan oilalar Faxriy yorlig’i va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.